AsosiySport

Ro`ziqul Berdiev: “Al-Hidd” himoyadan o`ynaydigan kuchli jamoa sanaladi

'Ro`ziqul Berdiev: “Al-Hidd” himoyadan o`ynaydigan kuchli jamoa sanaladi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri o`tish bosqichida “Nasaf” jamoasi Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi bahs olib boradi. Bo`lajak o`yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro`ziqul Berdiev va himoyachi Sherzod A`zamov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Masumning birinchi o`yini barchada qiziqish uyg`otishi aniq. Asosiy vazifamiz g`alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishdan iborat. Tayyorgarlik yaxshi o`tdi va OChL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. “Al-Hidd” kuchsiz jamoa emas, ular Bahrayn chempioni va Kubogi sohibi sanaladi. Jamoa yangi bosh murabbiyga ega bo`ldi. Ular tartibli va sifatli o`yin ko`rsatadi. O`yin oson bo`lmasligi aniq. Raqib o`yinini tahlil qilganimizda, ular himoyada yaxshi o`ynashini ko`rdik. Tarkib borasida to`xtaladigan bo`lsam, posbonimiz Eldor Suyunov ertangi o`yinga tayyor emas. U yig`in doirasida jarohat oldi. Kecha mashg`ulotlarda qatnashganiga qaramay, u “Al-Hidd”ga qarshi o`yinni o`tkazib yuboradi”, – dedi Ro`ziqul Berdiev.

“Ertangi o`yinga tayyorgarlik yaxshi o`tdi. O`rtoqlik o`yinlarida yaxshi natija ko`rsatdik, lekin bo`lajak o`yin bundan farq qiladi. Maydonda bor kuchimizni berib, keyingi bosqichga yo`l olishga intilamiz. Muxlislar daldasiga umid qilib qolamiz”, – dedi Sherzod A`zamov.

Eslatib o`tamiz, “Nasaf” – “Al-Hidd” uchrashuvi ertaga, 31 yanvar kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar