Angliya terma jamoasi va “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Adam Lallana milliy terma jamoaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan respondentlarning 39 foizi “Liverpul” a`zosini qo`llab-quvvatladi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni mos ravishda Jeymi Vardi (12%) va Ueyn Runi (8%) qo`lga kiritdi.

Angliya yoshlar terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi “Sautgempton” yarim himoyachisi Natan Redmond deb topildi.

Eslatib o`tamiz, Ueyn Runi so`nggi uch yilda ikki marta – 2014 va 2015 yillarda mazkur mukofotga loyiq topilgandi.






