AsosiySport

La Liga. “Valensiya” qiyin ahvolga tushdi

'La Liga. “Valensiya” qiyin ahvolga tushdi'ning rasmi

Ispaniya chempionati 20-turida “Valensiya” futbolchilari safarda “Las-Palmas” jamoasi mehmoni bo`lishdi.

Murosasiz va keskin kurashlar ostida o`tgan uchrashuvda “Las-Palmas” 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 21-daqiqasida Santi Mina hisobni ochgan bo`lsa, 42-daqiqada Viera muvozanatni tikladi.

51-daqiqaga kelib “Valensiya” 1 kishi kam bo`lib qoldi. Munir El-Xaddadi ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan keyin “Las-Palmas” yana ikkita gol urib, g`alaba qozondi.

Las-Palmas – Valensiya 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 21 Santi Mina, 1:1 – 42 Viera, 2:1 – 57 Lemos, 3:1 – 61 Boateng.

Las-Palmas – Varas, Masedo, Lemos, Bigas, Kastelyano, Gomes (Dominges, 65), Montoro, Mesa, Momo (Xalilovich, 73), Boateng, Viera (Livaya, 77).

Valensiya – Diego Alves, Joau Kanselu, Garay, Mangalya, Gayya, Soler (Montoyya, 87), Peres (Suares, 46), Parexo, Munir, Santi Mina, Nani (Dzadza, 67).

Ogohlantirishlar: Nani (27), Peres (44), Munir (48), Parexo (64), Mesa (82).

Chetlatish: Munir (51).

Boshqa yangiliklar