“Yuventus” jamoasi Italiyaning quyi divizioni a`zosi “Askoli” klubidan yarim himoyachi Rikkardo Oskolinini rasman sotib oldi. Bu haqda turinliklar matbuot xizmati xabar berdi.
“Keksa sinora” 20 yoshli futbolchi uchun 6 million evroga sarfladi. “Askoli” yana 4 million evroni bonus sifatida qabul qilib oladi.
Qayd etilishicha, futbolchi tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi va tomonlar 2021 yilgacha mo`ljallangan shartnomaga imzo chekdi.






