AsosiyJamiyat

​Barcha talabalar uchun yagona miqdorda stipendiya joriy qilinadi

'​Barcha talabalar uchun yagona miqdorda stipendiya joriy qilinadi'ning rasmi

Xabarlarga ko`ra, hozirda oliy ta`lim muassasalarining barcha talabalariga semestrni qanday bahoda yakunlashidan qat`i nazar bir xil miqdorda stipendiya tayinlanishi to`g`risida o`zgarish kirishi mumkin.

Huquqshunos Xushnudbek Hudoyberdiev Feysbukdagi “Maslahat” guruhida mazkur xabarni keltirar ekan, “ushbu qaror baho ortidan quvish, yaxshi baho olish uchun moddiy manfaat va ta`magirliklarning oldini olishga ozmi-ko`pmi xizmat qilishi shubhasiz”, deb yozadi.

Mazkur qabul qilinishi mumkin bo`lgan qaror yuzasidan internet foydalanuvchilarining fikri ikkiga bo`linmoqda, ayrimlar to`g`ri bu ta`magirlikni oldini olishga yordam beradi desa, yana kimdir bu bilan talabani dangasa va loqayd qilib qo`yish mumkin degan fikrda.

Xullas tangani ikki tomoni bo`lgani kabi mazkur muhokama qilinayotgan masalaning ham yaxshi va yomon tomonlari bor.

Har nima bo`lganda ham mutasaddi rahbarlar bejizga u yoki bu qarorni qabul qilmasliklari aniq.

Boshqa yangiliklar