O`zbekistonda fevral oyining ilk kunlari yog`ingarchiliklar va biz uchun noodatiy bo`lgan sovuqlar bilan boshlanadi.
Yaqin kunlarda mamlakatimizga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi.
2 fevraldan sinoptiklar yog`ingarchilik bashorat qilishdi: yomg`ir, 3-4 fevral kunlari qor. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi. Respublika bo`yicha kunduzi havo harorati o`rtacha 0 -5 daraja sovuqni tashkil qiladi, tunda 2-7˚S sovuq.
5-6 fevral kuni havo yog`ingarchiliksiz bo`lib o`tadi, tunda esa yanada sovuqroq bo`ladi: termometr ustuni 7-12 daraja sovuqni ko`rsatadi. O`zgidrometdan xabar berilishicha, bunday sovuq harorat mamlakatimizning aynan markaziy, sharqiy qismlari hamda poytaxtda kuzatiladi.
Fevralning ilk kuni yog`ingarchilik bo`lmaydi, joylarda tuman tushadi.
1 fevral kuniga ob-havo ma`lumoti
Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.