Angliya Premer ligasi klublarining yanvardagi transfer bozoridan ko`rgan umumiy foydasi 31,2 million funtni tashkil etmoqda. Bu haqda Fut.uz nashri ma`lum qildi.
Qishda ingliz klublari umumiy hisobda transferlar uchun 174,6 million funt sarfladilar. Futbolchilar sotishdan esa 205,8 million funt ishlab olishgan.
Eslatib o`tamiz, Angliya Premer ligasi klublari 2011 yilda rekord qiymatga futbolchi sotib olgan edilar. O`sha yili qishda klublar 209 million funt sarflashgan.






