1

Plyaj futboli: O`zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 52-o`rinda qayd etildi

Sport 01.02.2017, 11:10
Plyaj futboli: O`zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 52-o`rinda qayd etildi

Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. Hisobida 190 ochko bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 52-o`rindan joy oldi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston terma jamoasi avvalgiga nisbatan 1 pog`onaga pastladi. Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida O`zbekiston hamon 10-o`rinni egallab turibdi.

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar reytingida katta o`zgarishlar yuz bermadi. Eron termasi 1688 ochko bilan etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1237) va Ummon (1003) kuchli uchlikdan joy oldi.

OFKga a`zo mamlakatlar reytingining kuchli o`nligi quyidagicha ko`rinish olgan:

1 (6). Eron – 1688 ochko

2 (8). Yaponiya – 1237 ochko

3 (14). Ummon – 1003 ochko

4 (18). BAA – 827 ochko

5 (26). Livan – 564 ochko

6 (41). Xitoy – 344 ochko

7 (40). Tailand – 354 ochko

8 (43). Vetnam – 308 ochko

9 (48). Bahrayn – 206 ochko

10 (52). O`zbekiston – 190 ochko

Plyaj futbol bo`yicha jahon reytingini 3477 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, Braziliya (2738) termasi kuchli uchlikka yakun yaasagan.

Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil fevral oyidan 2017 yil yanvar oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1