1

Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv”da 99-raqamni tanladi

Sport 01.02.2017, 16:12
Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv”da 99-raqamni tanladi

O`z oldiga kelayotgan mavsumda ham ulkan maqsadlar qo`yayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o`z safini mahoratli ijrochilar bilan to`ldirishda davom etadi.

O`tgan yilgi mavsumda O`zbekiston chempionatining eng yorqin o`yin namoyish etgan futbolchilaridan biri Jaloliddin Masharipov endigi faoliyatini “temiryo`lchilar” safida davom ettiradi. Mahoratli yarim himoyachi “Paxtakor” jamoasidan mavsum so`nggiga qadar ijaraga olindi. U “Lokomotiv” tarkibida 99-raqam ostida to`p suradigan bo`ldi.

Ta`kidlab o`tamiz, Jaloliddin Masharipov ham ertadan Turkiyaga yo`l oladi va u erda “Lokomotiv”ning o`quv-mashg`ulot yig`iniga borib qo`shiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1