1

APL. “Manchester Siti”dan yirik g`alaba, “Everton” va “Stok Siti” durang o`ynadi

Sport 02.02.2017, 09:09
APL. “Manchester Siti”dan yirik g`alaba, “Everton” va “Stok Siti” durang o`ynadi

Angliya chempionati 23-turida “Vest Xem” jamoasi o`z maydonida “Manchester Siti” futbolchilari bilan o`zaro kurash olib bordi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda “shaharliklar” 4:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Kevin de Bryuyne, David Silva, Gabriel Jezus va Yaya Ture mualliflik qilishdi.

Yana bir o`yinda “Stok Siti” va “Everton” klublari bahs olib bordi. Unda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Vest Xem – Manchester Siti 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar:
0:1 – 17 de Bryuyne, 0:2 – 21 Silva, 0:3 – 39 Gabriel Jezus, 0:4 – 67, penalti Ture.
Vest Xem – Rendolf, Bayrem, Fonte, Rid, Kressuell, Obiang (Snodgrass, 64), Nobl, Feguli (Fernandesh, 64), Antonio, Lansini, Kerroll (Fletcher, 79).
Manchester Siti – Kabalero, Sanya, Stounz, Otamendi, Kolarov, Ture, Sterling (Aguero, 73), de Bryuyne (Fernandino, 67), Silva (Delf, 80), Sane, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Obiang (19), Gabriel Jezus (19), Lansini (24), de Bryuyne (44), Sterling (60), Kerroll (71).

Stok Siti – Everton 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:
1:0 – 7 Krauch, 1:1 – 39, avtogol Shoukross.
Stok Siti – Grant, Bardsli, Shoukross, Martins Indi, Piters, Uelan, Adam, Afellay, Allen (Beraxino, 67), Arnautovich (Ngoy, 89), Krauch.
Everton – Robles, Xolgeyt (Makkarti, 46), Uilyams, Funes Mori, Koulmen, Devis, Shnayderlin, Barkli, Beyns, Lukaku, Miralyas (Lukman, 69).
Ogohlantirishlar: Bardsli (81).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1