1

​Yurak kasalliklaridan ogohlantiruvchi 11 belgi

Salomatlik 02.02.2017, 11:32
Teglar: Salomatlik
​Yurak kasalliklaridan ogohlantiruvchi 11 belgi

Mutaxassis – kardilog Ra`no G`ulomova

Quyidagi belgilarga o`z vaqtida jiddiy ahamiyat berib, shifokor ko`rigiga shoshsangiz, kutilayotgan yurak xastaliklarining oldini olasiz.

1. Charchoq. Endigina uyqudan turgan bo`lsangiz ham, o`zingizni tun bo`yi mijja qoqmagandek tasavvur qilasiz. Ishga etib olib, faqatgina dam olish xaqida o`ylaysiz. Uyga esa zo`rg`a kelasiz-u o`zingizni yotoqqa otasiz. Va kunlar o`tgani sayin charchog`ingiz ortaveradi.

  • Bu yurak faoliyatida etishmovchilikdan darak. Charchoq miya, o`pka va yurakda qon aylanishining susayganidan kelib chiqadi.
  • 2. Kuchsizlik. Yurak xurujini boshdan kechirgan ko`pchilik insonlar, bu hodisa yuz berishdan oldin hattoki bir varoq qog`ozni ushlashga ham kuchlari etmaganini aytishadi.

  • Bu yaqin soatlarda yoki daqiqalarda miokard infarkti yuz berishidan darak.
  • 3. Harsillash. Agar 3-qavatga ko`tarilish xuddi bir soatlik yugurish marafonidan keyingi harsillashni paydo qilsa yoki kichik jismoniy mashqlar bajarganda nafas siqilsa, kardiologga murojaat qilish vaqti keldi.

  • Qon aylanishining yomonlashuvi, uning o`pkaga etib borishini qiyinlashtirib, qisqa nafas olishni chaqiradi.
  • 4. Sovuq ter. O`tirgan joyingizda birdaniga xuddi 2 soat mashg`ulotlar zalida mashq qilgandek, butun tanangizni muzdek ter qoplashni boshlaydi.

  • Yurak xuruji boshlanishidan oldingi ogohlantiruvchi belgi.
  • 5. Tomir urishining tezlashuvi. Onda-sonda yuz beradigan tomir urishining tezlashuvi xavf tug`dirmaydi. Tez-tez kuzatiluvchi tomir urib ketishi harsillash, bosh aylinishi va holsizlik bilan birga kuzatilsa, siz aritmiya kasalligiga yo`liqqansiz.

  • Aritmiya kasalligi infarktning sababchisidir.
  • 6. Ko`krak qismida og`riq. To`satdan paydo bo`ladi-yu xuddi shunday qaytib ketadi. Shuning uchun ko`pchilik bunga ahamiyat bermaydi ham. Og`riq qo`l, bel, elkagacha tarqalgandagina xato qilganlarini biladilar.

  • Yurak xuruji yaqinligidan ogohlantiruvchi eng keng tarqalgan belgi.
  • 7. Shishib ketish. Oyoqlar shishib ketishi, shuningdek, ortiqcha vazn paydo bo`lishi har doim ham semirish alomati emas. Yurak ham shu signallar orqali sizni ogohlantirishi mumkin. Shishlar paydo bo`lganda ishtaha yo`qolishi ham kuzatiladi.

  • Organizmdagi ortiqcha suyuqlik yurak etishmovchiligidan darak.
  • Sharhlar

    Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

    06.08.2021, 17:47

    CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
    YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

    26.12.2017, 13:12

    — Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
    DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

    26.12.2017, 13:08

    — Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
    FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

    26.12.2017, 11:36

    Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1