1

Server Jeparov faoliyatini "Sepaxon" klubida davom ettiradi

Sport 03.02.2017, 08:56
Server Jeparov faoliyatini "Sepaxon" klubida davom ettiradi

Yanvar oyida Eronning "Istiqlol" klubi bilan 1.5 yillik shartnoma imzolagan O`zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov faoliyatini Eronning yana bir jamoasi “Sepahon” tarkibida davom ettiradi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Server Jeparov “Sepaxon” klubi rasmiylari bilan muzokaralar olib borib, joriy mavsum yakuniga qadar, ya`ni, 6 oy muddatga shartnoma imoladi. O`zbekistonlik futbolchi "Sepaxon" safida ijara asosida to`p suradi.

Ma`lumot uchun, "Istiqlol" o`tgan oyda FIFA tomonidan jazoga tortilgan edi. Jazoga ko`ra, Eron klubi safiga qishki transfer mavsumida kelib qo`shilgan futbolchilar mavsum so`nggiga qadar jamoa tarkibida maydonga tusha olishmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1