1

OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o`zgarishlar” mavzusida seminar o`tkazildi

Sport 03.02.2017, 14:36
OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o`zgarishlar” mavzusida seminar o`tkazildi

Bugun, 3 fevral kuni O`zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o`zgarishlar” mavsuzida o`quv-amaliy seminar bo`lib o`tdi.

Seminar FIFA referisi Ravshan Ermatov va O`FF instruktori Vladislav Seytlin tomonidan olib borildi. Seminarga UzReport TV va Sport telekanali xodimlari va sharhlovchilari hamda bir qator jurnalistlar tashrif buyurdi.

Dastlab, soat 9:30 da O`FFning sun`iy qoplamali maydonida amaliy mashg`ulotlar olib borildi. Interaktiv mashg`ulotlada OAV xodimlari o`yindagi vaziyatlarda qisqa vaqt ichida qaror qabul qilishni o`zida sinab ko`rdi.

Shundan so`ng, O`FF anjumanlar zalida taqdimot va videolavhalar yordamida futbol qoidalaridagi o`zgarishlar haqida ma`lumotlar berildi, bahs-munozaralar o`tkazilib, savol-javoblar bo`lib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1