1

O`zbekiston kiberfutbol o`yinlari assosiasiyasi havaskorlar ligasini tashkil qildi

Sport 03.02.2017, 15:33
O`zbekiston kiberfutbol o`yinlari assosiasiyasi havaskorlar ligasini tashkil qildi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi a`zoligiga qabul qilingan O`zbekiston kiber futbol o`yinlari assosiasiyasi (Uzbekistan Cyber Football Games Association – UCFGA) yangi liga tashkil qilgani va ro`yxatga olish jarayoni boshlangani haqida e`lon qildi.

Yangi tashkil qilingan havaskorlar ligasi PS4 konsolida FIFA17 o`yini bo`yicha o`tkaziladi va nufuzi jihatidan Oliy va Birinchi ligadan keyingi o`rinda turadi.

FIFA17 o`yinining har bir ishqibozi mazkur havaskorlar ligasida o`z kuchini sinab ko`rishi mumkin. Mavsum so`ngida 1, 2 va 3-o`rinlarni egallagan ishtirokchilar PCFL (Professional kiberfutbol ligasi)ning Birinchi ligasi o`yinchisiga aylanadi.

Ligada ishtirok etish shartlari va boshqa ma`lumotlarni +99897 768-88-68 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1