AsosiyJamiyat

​“O`zbeknavo”: Internetda behayo rasm qo`yayotgan xonandalar lisenziyasi bekor qilinadi!

'​“O`zbeknavo”: Internetda behayo rasm qo`yayotgan xonandalar lisenziyasi bekor qilinadi!'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda behayo rasm va videolarini tarqatayotgan o`zbekistonlik ayol xonandalarning qilmishi shuhrat qozonish uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan Gerostratning qilmishiga yodga soladi, deb yozadi “Jamiyat” gazetasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga behayo suratlarini joylayotgan xonandalar millat ma`naviyatga tahdid solmoqda.

“Biz ular bilan har oyda ma`naviyat soatlari o`tkazib, tartibga chaqiramiz. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boramiz. Noma`qul surat va videolarni oldirib tashlaymiz. Ammo shunda ham quyushqondan chiqadiganlarning lisenziyasini bekor qilishga majbur bo`lamiz... Ba`zilar ijtimoiy tarmoqqa qanday surat yoki video joylash san`atkorning shaxsiy ishi deb hisoblaydi. Bu noto`g`ri qarash”, deydi “O`zbeknavo” birlashmasi boshqarma boshlig`i Odilbek Abduqahhorov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar