1

OChL–2017. “Al-Tavun” – “Lokomotiv” uchrashuvi ummonlik hakamlarga topshirildi

Sport 04.02.2017, 10:36
OChL–2017. “Al-Tavun” – “Lokomotiv” uchrashuvi ummonlik hakamlarga topshirildi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Al-Tavun” (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv” (O`zbekiston) uchrashuvi ummonlik hakamlar brigadasiga topshirildi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Mazkur uchrashuvga bosh hakam sifatida Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf tayinlandi. Unga qanotlarda Al-Mahayi Hamid Sulaymoy Marhun hamda Al-Amri Abu Bakar Salim Mahad yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi bahraynlik Iso Abdulla Hasan Muhammad Aliga yuklatildi.

Uchrashuv komissari – Talal Ali (Iordaniya). Hakamlar nazoratchisi vazifasini Halid Jasim Halifa Alduki Alsenaani (BAA) bajaradi.

“Al-Tavun” – “Lokomotiv” o`rtasidagi uchrashuv 20 fevral kuni Saudiya Arabistonining Burayda shahrida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1