1

OChL–2017. Ravshan Ermatov Avstraliyadagi o`yinni boshqaradi

Sport 06.02.2017, 11:08
OChL–2017. Ravshan Ermatov Avstraliyadagi o`yinni boshqaradi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov OFK tomonidan OChL–2017 turniri “F” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Vestern Sidney Uonderers” (Avstraliya) – “Urava Red Daymonds” (Yaponiya) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

O`FF matbuot xizmatining yozishicha, Ravshan Ermatovga qanotlarda odatdagidek Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. OFK to`rtinchi hakam vazifasini malayziyalik Sahaizi Bin Shukriga yukladi.

Uchrashuv komissari Xitoy Taypeyi vakili Chin Fan Chuang bo`ladi. Hakamlar nazoratchisi vazifasini singapurlik Abdul Malik Bin Abdul Bashir bajaradi.

“Vestern Sidney Uonderers” – “Urava Red Daymonds” uchrashuvi 21 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahridagi Campbell Town Stadium maydonida bo`lib o`tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1