AsosiySport

OChL–2017. “Nasaf” ertaga oq, “Al-Fath” esa ko`k libosda o`ynaydi

'OChL–2017. “Nasaf” ertaga oq, “Al-Fath” esa ko`k libosda o`ynaydi'ning rasmi

Bugun Saudiya Arabistonining Al-Ahsa shahridagi “Abdulla Bin Jalavi” stadionida “Nasaf” va “Al-Fath” klubi menedjerlari va rasmiylari ishtirokida miting bo`lib o`tdi. Mitingda ertangi pley-off uchrashuvida jamoalar qaysi liboslarida maydonga tushishlari haqida ham kelishib oldi.

Demak, ertaga “Nasaf” oq liboslarda maydonga tushishadi. Mezbonlar – “Al-Fath” jamoasi futbolchilari esa ko`k liboslarda harakat qilishadi.

Jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani bugun, soat 19:00da boshlanadi. Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro`ziqul Sa`dullaevich bilan birga hujumchi Dragan Cheran ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O`zbekiston) uchrashuvi ertaga, 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar