“Inter” jamoasi futbolchilari – Ivan Perishich va Mauro Ikardi “Yuventus”ga qarshi (0:1) kechgan A Seriya 23-turidagi xulq-atvori uchun diskvalifikasiya qilindi.
“Inter” rahbariyati Ivan Perishichning o`yin so`nggida chetlatilganiga hakam Nikola Rissoliga norozilik bildirigandi. Hujumchi Mauro Ikardi esa final hushtagidan so`ng hakam tomon tupurdi.
A Seriyaning tartib-intizom qo`mitasi har ikki futbolchini 2 o`yinga chetlatdi. “Inter” o`z navbatida bu qarorga shikoyat berdi. Agar shikoyat arizasi qondirilmasa, Ikardi va Perishich “Empoli” va “Bolonya” jamoalariga qarshi bahslarni o`tkazib yuboradi.






