AsosiySport

U-23 Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichiga 17 mart kuni qur`a tashlanadi

'U-23 Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichiga 17 mart kuni qur`a tashlanadi 'ning rasmi

2018 yili 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi 2017 yilning 17 mart, juma kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida bo`lib o`tadi.

Qur`a tashlash marosimi mahalliy vaqt bilan 15:00 da boshlanadi. Qur`ada OFKga a`zo 42 mamlakat terma jamoasi ishtirok etib, 2016 yili Ummonda bo`lib o`tgan U-23 Osiyo chempionati natijalariga muvofiq guruhlarga ajratiladi.

2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar