AsosiySport

Ro`ziqul Berdiev: Omad raqibimiz tomonida bo`ldi

'Ro`ziqul Berdiev: Omad raqibimiz tomonida bo`ldi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Qarshining “Nasaf” jamoasi safarda Saudiya Arabistoni vakili “Al-Fath” bilan o`zaro bahs olib bordi. Musobaqaning guruh yo`llanmasi uchun kechgan o`yinda saudiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumada qarshiliklar bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev ishitrok etdi va o`yin haqida quyidagi fikrlarini bildirib o`tdi.

— Bugungi uchrashuv taqdirini standartdan urilgan bitta gol hal qildi. Uchrashuvga to`xtaladigan bo`lsam, “Al-Fath” biz kutgan o`yinni ko`rsatdi. Kecha aytib o`tganimdek, raqibimizda jamoaviy o`yin yaxshi, qolaversa Andre Monteyrodek shaxsiy mahoratga ega futbolchilar bor. Aynan ushbu o`yinchining “Al-Fath”ga bugun foydasi katta bo`ldi.

Rejamiz bo`yicha, birinchi bo`limda darvozamiz dahlsizligini saqlab qolib, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish edi. Afsuski, birinchi bo`lim oxirlarida Dragan Cheran gol urish uchun mavjud imkoniyatdan foydalana olmadi. Agar birinchi bo`lib gol urganimizda, o`yin taqdiri boshqacha bo`lishi ham mumkin edi. Umuman “Al-Fath” himoyachilari ham bugun yaxshi o`yin namoyish etishdi. Qolaversa, bugungi uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Omad esa “Al-Fath” tomonida bo`ldi, — deydi Ro`ziqul Sa`dullaevich.

Boshqa yangiliklar