Xitoy televideniesi Jeki Chan kaskadayorlar guruhi tashkil etilganining 40 yilligiga bag`ishlab tayyorlagan Ace vs Ace teleko`rsatuvida aktyor sobiq kaskadyorlari bilan uchrashib, quvonchdan ko`z yoshlarini tiya olmadi, deb xabar berdi “Afisha.mail.ru” nashri.
Jeki Chan studiyaga yangi kaskadyorlar guruhi bilan tashrif buyurdi. Teleboshlovchi esa unga sobiq kaskadyorlar guruhining videomurojaatini namoyish qildi. Ular Jeki Changa minnatdorchilik bildirib, eng esda qolarli voqealarni yodga olishdi. Shundan keyin sobiq kaskadyorlar birin-ketin studiyaga kirib kelishdi. Ularning studiyaga kirib kelishi Jeki Chan uchun kutilmagan syurpriz bo`ldi, u xursand bo`lganidan ko`ziga yosh oldi.
62 yoshli Jeki Chan 2015 yilning noyabr oyida kinematografiya sohasiga qo`shgan hissasi uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo`lgan. Aktyor jang sahnalarini mustaqil ravishda o`zi sahnalashtiradi.