1

Valentin Kovalenko “Al-Rayyan” – “Al-Vahda” o`yiniga bosh hakam etib tayinlandi

Sport 08.02.2017, 15:17
Valentin Kovalenko “Al-Rayyan” – “Al-Vahda” o`yiniga bosh hakam etib tayinlandi

O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 guruh bosqichi 1-turidan o`rin olgan uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha BAAning “Al Vahda” jamoasi pley-off bosqichida Iordaniyaning “Al-Vehdat” klubini 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, “D” guruhidan joy oldi. Kovalenko mazkur guruhning ilk turidan o`rin olgan “Al-Rayyan” (Qatar) – “Al Vahda” (BAA) bellashuvga bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Andrey Sapenko yordam beradi.

To`rtinchi hakam vazifasini livanlik Ali Reda bajaradi. Uchrashuv komissari – Park Seong Kyun (Janubiy Koreya), hakamlar nazoratchisi esa Inoyat Masud (Eron). “Al-Rayyan” – “Al Vahda” bellashuvi 21 fevral kuni, Doxa shahrida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1