1

​ “Ommaviy madaniyat” sharpasi yoxud ommaviy ahloqsizlik haqida

Dunyo 08.02.2017, 15:55
Teglar: Muhabbat, Bayram
​ “Ommaviy madaniyat” sharpasi yoxud ommaviy ahloqsizlik haqida

Zamonaviy axborot tarqatuvchivositalar tufayli makonda axborot rang-barangligi oshib uning oqimini shiddatlashmoqda. Axborot ulushida aksariyati mazmunan foydali bo`lsada, biroq, makonda qadriyatlarimiz va ma`naviy dunyomizga zid bo`lgan “ommaviy madaniyat” mazmunidagi axborotlar tarqalib va ularning ijtimoiy ongga bo`layotgan ta`siri barchamizni bezovta qilmay qolmaydi, albatta.

Bunga misol tariqasida har yili, 14 fevral sanasi arafasida,xususan, ayni damlarda, ijtimoiy tarmoqlarda urchib ketadigan “Valentin kuni”niga oid targ`ibot va g`arbona sharaflashga oid turli xil mazmundagi axborotlarni (video, audio, foto, yozishmalar) aytishimiz mumkin.

Adolat uchun aytishimiz lozimki,axborot iste`molchisining yoshini nazarda tutib, yoshlarimizning tabiiy ishonuvchanligi, shu jumladan, ularni nosog`lom axborotlar oqimidan himoyalashimiz zarurligi bois, so`nggi yillarda yurtimizda izchillik bilan olib borilgan va olib borilayotgan ma`naviy tadbirlar Internet tarmog`ining milliy segmentida “Valentin kuni” yoxud “Sevishganlar kuni” singari “ommaviy madaniyat” unsurlari keskin bartaraf etildi. Biroq ta`kidlash joizki, milliy o`zlik va o`zimizga xos tafakkur tarziga ziyon etkazishi mumkin bo`lgan bunday illatlarga murosasiz bo`lish, nazarimizda, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmoqda. Va bunday g`oyaviy illatga qarshi samarali kurash olib borishimizda uning ildizlari va bugungi tendensiyalaridan boxabar bo`lib va unga nazar solishimiz foydadan holi bo`lmasa kerak.

Agarda “Valentin kuni” tarixiga nazar soladigan bo`lsak, uning ildizlari ommaviy ahloqsizlik va behayolikka borib taqalar ekan. Ma`lumotlarga qaraganda Rim imperatori Klavdiy Valentin ismli ruhoniyni 14 fevral kuni qatl qilgan, ta`qiqqa qaramay askarlarni xufiyona ravishda nikohdan o`tkazgani uchun. Va ushbu qatl marosimi shaharda ahloqsizlik (erotik) festivali (Lupercalia, muhabbat xudosiga bag`ishlab) o`tayotgan kun bilan bir vaqtga to`g`ri kelgan. Afsonalarga qaraganda ushbu festival manzarasi, din paydo bo`lganga qadar paydo bo`lib, omma ko`z oldida ma`naviy buzuq kishilardan (ayol va erkak) iborat guruh tomonidan o`zlarining ahloqsizxis-tuyg`ularini jirkanch harakatlarda namoyish etishdan iborat bo`lgan. Festivalning bosh g`oyasi, guyoki,sevishgan juftlar o`zlarini topishlari va bola tug`ilishini ko`paytirishga xizmat qilish orqali, ommaviy ahloqsizlikni namoyish qilib odamlar ongiga singdirish edi. Keyingi festivallarda esa, Valentin ruhoniyning nomi ham muhabbat “himoyachisi” sifatida tilga olinib, uning nomi talaffuzda oson bo`lgani boistilga olinib bayram ham uning nomi bilan atala boshlangan.

Dastlab katolik cherkovi ruhoniy Valentinni ilohiylar safiga qo`shgan bo`lsada, vaqt o`tishi bilan, diniy islohotlar sababli, u haqidagi ma`lumotlar noxolis va asossiz bo`lgani bois, Cherkov o`zining adabiyoti va bayram sanalari kalendaridan chiqarib tashlagan. Va bugungi kunda katolik, xristian, protestant Cherkovlari ham “Valentin kuni”ni din bilan bog`lashmaydi, diniy bayram sifatida tan olishmaydi. Aksincha, misol uchun, Rus pravoslav cherkovi “Valentin kuni”ni keskin qoralab, uni ahloqsizlik va ma`naviy buzuqlik, deya ta`riflab, pravoslaviyaga e`tiqod qiluvchi kishilarga 8 iyul kuni oilaviy muhabbat va sadoqat kunini nishonlashni tavsiya qilishar ekan.

Sho`rolar mamlakati parchalanishi arafasida, asosan 1990 yillarga to`g`ri keladi, axborot makoni ochiqligi bois g`arbdan “ommaviy madaniyat” elementlari, shu jumladan, valentin kuniham bayram sifatida kirib keladi. Possovet hududida ateizmning ustivorligi, diniy idoralarning jamiyatni diniy tarbiyasidagi roli cheklanganligi, mafkuraviy idoralar faoliyati ancha zaiflashgani bois g`arbning “ommaviy madaniyat” kabi bayramlariga qarshi tura oladigan g`oyaviy-ma`naviy kuchlar ojizlik qildi. Va ular yashin tezligida ommalasha bildi.

Dunyoda kechayotgan tendensiyalarga nazar soladigan bo`lsak, ildizlari ommaviy ahloqsizlikka borib taqaladigan bunday bayramlarga (Lupercalia kuni, Valentin kuni,) beozor, quloqqa yoqimli va ko`ngilga oson yo`l topadigan nom bilan sevishkanlar kuni, deya atashib, uni g`oyaviy va badiiy jihatlar yanada boyitib, bundan mo`may daromad topish niyatida bo`lgan axloqsizlik targ`ibotchilariyosh avlodni chalg`itib uning ongini zaharlab o`zligidan ayirib, oila qadriyatlarini buzib, jamiyatning ma`naviy negizlariga ziyon etkazmoqdalar. Va ushbu tendensiyaning salbiy oqibatini G`arbning bugungi qiyofasiga nazar solib bilishimiz qiyin bo`lmasa kerak.Oila qadriyatlarini izdan chiqarish, bir jinsli nikohlar, ommaviy axloqsizlik girdobining tobora chuqurlashib borayotganini ko`rishimiz mumkin.

Yana bir mulohaza: “Valentin kuni”ning muqaddas islom dinimiz yoki xalqning qadimiy urf-odatlari bilan bog`liq jihatlari mutlaqo yo`q. Mamlakatimiz aholisi ko`p millatli va ko`p konfessiyalidir. Turfa madaniyat va bag`rikenglik hukm so`rmoqda.Biroq ildizlari ommaviy axloqsizlikka borib taqaladigan “Valentin kuni” kabi “ommaviy madaniyat” elementlaridan yoshlarimizni himoyalashimiz zarur bo`lib, uning targ`iboti ko`zlangan har qanday ishlarga shunchaki tomoshabin bo`lib turish, yurt kelajagi, avlodlar kelajagi va asrlar davomida asrab-avaylab kelinayotgan o`lmas qadriyatlarimizga xiyonatdir. Nazarimizda, bunday holatlarda javobimiz keskin va murosasiz bo`lishi zarur. Biroq achchiq bo`lsada ta`kidlash zarurki, ayrim yoshlarimiz (ular ko`pchilikni tashkil etmasa ham) tomonidan ushbu kunni, aslida uning ildizlarini bilmasdan turib, hali hanuz ayrim tor doiralarda nishonlab kelishayotganlari sir emas.

Jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashmoq kerak deganlariday, “ommaviy madaniyat” mazmunidaga har qanday g`arbona (sharqona) buzg`unchi g`oya va tadbirlarga qarshi kurashda immunitet vositalarining biri sifatida, jamiyatni, ayniqsa, yosh avlodni himoyalash nuqtai nazaridan kelib chiqib, mazmunan o`zbekona tabiatimizga mos, diniy va dunyoviy qadriyatlarimiz bilan (mamlakat aholisining barcha qatlamiga: tilidan va dinidan qat`iy nazar) hamoxang bo`lgan madaniy va ma`naviy tadbirlarning muqobilini yaratib, taklif etib va joriy qilmog`imiz kerakdir, balki.

Faxriddin SOLIEV

Sharhlar

Bu yilgi Qurbon hayitida qo`shimcha dam olish kunlari bo`ladimi?

03.08.2019, 22:17

Prezident qaroriga muvofiq, O`zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 11 avgust kuni keng nishonlanishi haqida xabar bergandik. Ma`lumki, avvalgi Hayit bayramlari munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlari...
​ShAVKAT MIRZIYoEV O`QITUVChI VA MURABBIYLARGA TABRIK YO`LLADI

30.09.2017, 09:23

Prezident Shavkat Mirziyoev 1 oktyabr kuni O`zbekistonda keng nishonlanadigan O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga o`z tabrigini yo`lladi. Tabrik matni O`zAda e`lon qilindi. Qadrli...
​O`zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida Prezident qarori imzolandi

28.06.2017, 10:36

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida Prezident qarori imzolandi. Prezident Qarori bilan Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa...
​HINDChA MUHABBAT

21.06.2017, 16:08

Xalqimga yordam kerak, uning dardlari ko`pTest sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Ozod poytaxtdagi eng nufuzli tibbiyot instituti talabasiga aylandi. O`qishga yangi qabul qilinganlarni tabriklash marosimi hashamatli zalda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1