Prezident qaroriga muvofiq, O`zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 11 avgust kuni keng nishonlanishi haqida xabar bergandik.
Ma`lumki, avvalgi Hayit bayramlari munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlari belgilanar edi. Endi ko`pchilikda savol tug`ilishi mumkin: "11 avgust yakshanba, ya`ni dam olish kuniga to`g`ri kelyapti. Bu yilgi Qurbon hayitida qo`shimcha dam olish kunlari bo`ladimi?
Huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdievning yozishicha, joriy yilgi Qurbon Hayiti munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan. "Bu degani, Hayitning ertasi kuni, ya`ni 12 avgust, dushanba kuni barcha uchun ish kuni bo`ladi. Hayitdan oldingi arafa kuni, ya`ni 10 avgust, shanba kuni esa 5 kunliklarga odatiy dam olish kuni, 6 kunliklarga esa ish kuni bo`ladi", - deydi huquqshunos.
ESLATIB O`TAMIZ, o`tgan yili yurtimizda Qurbon hayiti 21-23 avgust kunlari nishonlangandi. Prezidentning 2018 yil 16 avgustdagi "Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida"gi farmoniga ko`ra, 21-23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22 avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni etib belgilangandi.