1

​Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Jamiyat 10.02.2017, 14:36
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Surxondaryoga tashrifi davomida o`zining saylovoldi dasturida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo`yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi mo`ljallangan, deb yozadi O`zA.

Tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Termiz tumanidagi “Gold Agro Fresh” agrofirmasi faoliyati bilan tanishdi.

“Gold Agro Fresh” agrofirmasi sabzavot mahsulotlari etishtirish va ularni eksport qilishga ixtisoslashgan istiqbolli loyihalardan biridir. Qiymati 35 million AQSh dollari bo`lgan korxonaning zamonaviy issiqxonalarida yiliga 30 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 1000 ish o`rni yaratish rejalashtirilgan. Hozirda 20 gektarlik 15 blokda pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo va yalpizning xaridorgir navlari o`stirilmoqda. Barcha 70 blok ishga tushgach issiqxonalar 100 gektardan oshadi. Bundan tashqari, 434 gektar erda mavsumiy ekinlar ekilib, 23 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 2 ming 100 kishini ish bilan ta`minlash, kelgusida 100 gektar erda intensiv bog` yaratish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu erda etishtiriladigan mahsulotlarning turini kengaytirish, 5 ming gektarda anor, 5 ming gektarda limon etishtirishni yo`lga qo`yish, odamlarning daromadini ko`paytirish zarurligini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari shu erning o`zida meva-sabzavotchilik, parrandachilik, chorvachilik kabi tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi.

Angor tumanida qurilayotgan meva-sabzavotlarni etishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan "Angor Gold Fruits" mas`uliyati cheklangan jamiyati loyihasiga muvofiq 530 gektar intensiv bog`, uch ming tonna meva-sabzavotlarni saqlash imkoniyatiga ega muzxona qurilishi ko`zda tutilmoqda.

Jarqo`rg`on tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan “Fabullo stroy servis” mas`uliyati cheklangan jamiyati ham meva-sabzavot etishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 yangi ish o`rni yaratiladi. Zamonaviy issiqxonada 600 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari etishtiriladi va eksport qilinadi. Sig`imi 2 ming tonna bo`lgan zamonaviy muzlatgichda yil davomida 6 ming tonna mahsulot aylanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish uskunasining quvvatini yiliga 8 ming tonnaga etkazish mo`ljallanmoqda.

Prezident bu borada ishlar samaradorligini oshirish, meva-sabzavotlarning noan`anaviy turlarini ko`proq ekish va qayta ishlash, eksportni kengaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Qiziriq tumanida Xalq banki tomonidan ikki ming bosh qoramol boqishga mo`ljallangan zamonaviy chorva kompleksi barpo etilmoqda. 762 gektar maydonda qurilayotgan va qiymati 11,5 milliard so`m bo`lgan ushbu majmuada yiliga to`rt ming tonna sut, ikki yuz tonna go`sht ishlab chiqariladi. 2,5 milliard so`mlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta`minlanadigan korxonada yuzdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Prezidentimiz chorvachilik komplekslari yonida agrofirmalar tashkil etib, sut va go`shtni qayta ishlash, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlab, eksportga yo`naltirish zarurligini ta`kidladi.

Muzrobot tumanida parrandachilik kompleksi tashkil etilmoqda. Loyiha qiymati 5,5 million dollar bo`lgan mazkur parrandachilik kompleksida yiliga 59,1 million dona tuxum, 1,4 million dona jo`ja va 198 tonna tovuq go`shti etishtirish, 100 ish o`rni yaratish ko`zda tutilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi mo`ljallanayotgan parrandachilik kompleksining umumiy maydoni 15 gektar bo`lib, shundan 2,5 gektarida ishlab chiqarish binolari joylashadi.

Odamlarga jo`ja va em etkazib berib, oilalarning farovonligini oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Sherobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida ingichka tolali paxta xomashyosini qayta ishlash korxonasi, zararkunandalarga qarshi kurashishga qaratilgan ishlanmalar, limon va pista etishtirishga ixtisoslashgan plantasiyalar loyihalari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi. Bu erda olib borilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1