O`zbekiston terma jamoasining kechagi raqibi – Rossiyaning “Amkar” klubi bosh murabbiyi Gaji Gajiev bugungi o`yin borasida o`z fikrini bildirdi va O`zbekiston terma jamoasi haqli ravishda g`alaba qozonganini ta`kidladi.
O`zbekiston o`rtoqlik o`yinida “Amkar”ni mag`lub etdi
“O`zbekiston terma jamoasi bugun haqli ravishda g`alaba qozondi. Natija haqqoniy. O`yinda raqib bizga qaraganda ko`proq imkoniyatga ega bo`ldi va qarshi hujumlarda ham yaxshiroq o`yin ko`rsatdi. O`zbekiston termasining o`yini yaxshi yo`lga qo`yilgan va kombinasion o`yin yaxshi shakllangani ko`rinib turibdi.
Biz bugun raqibdan jismoniy tomondan ustunroq o`ynadik. Bizning jamoa ko`proq atletik futbol namoyish etadi, raqib esa texnik tomondan yaxshi shakllangan, kuchli futbol namoyish etadigan jamoa ekanini ko`rdim”, – dedi Gajiev.
Samvel Babayan: Natija va o`yin sifatidan qoniqish hosil qildim






