Muqimiy va Bunyodkor shox ko`chalari kesishmasida yo`l o`tkazmasi qurilishi munosabati bilan 2017 yil 11 fevraldan chorraha transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi.
Toshkent shahar xokimligidan xabar berishlaricha, ushbu ko`chalarda transport harakati 23 fevralgacha yopiq bo`ladi.
“Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, Sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko`chalardan foydalanishingizni so`raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr suraymiz”, deyiladi xabarda.