AsosiySport

"Buxoro" ukrainalik himoyachini o`z safiga qo`shib oldi

'"Buxoro" ukrainalik himoyachini o`z safiga qo`shib oldi 'ning rasmi

Buxoroning “Buxoro” jamoasi Toshkentda mavsumga tayyorgarlikning so`nggi bosqichini olib bormoqda. Jamoa reja asosida mashg`ulotlarni trenajyor zalida, hamda futbol maydonida olib bormoqda.

Klub o`z safiga ilk legionerni qo`shib oldi. Ukrainalik himoyachi Vladimir Baenko “Buxoro” bilan shartnoma tuzdi. Baenko faoliyati davomida bir qator Ukraina klublarida, shu jumladan, “Gornyak” va “Dinamo Kiev” safida to`p surgan.

Uning so`nggi jamoasi Ukraina premer-ligasi vakili “Zvezda” klubi sanaladi. Ushbu klub safida himoyachi asosiy tarkibdan muqim joy egallashga ulgurdi. 2017 yilda u jamoasini almashtirishga qaror qildi va “Buxoro” safiga kelib qo`shildi.

To`liq ismi: Vladimir Vladimirovich Baenko

Tug`ilgan sanasi: 1990 yil, 9 fevral (Donesk, Ukraina)

Amplua: Himoyachi

Boshqa yangiliklar