1

Samvel Babayan: Yig`inda yoshlar va o`smirlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o`tkazdik

Sport 12.02.2017, 16:25
Teglar: Futbol, O`zbekiston
Samvel Babayan: Yig`inda  yoshlar va o`smirlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o`tkazdik

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazdi.

Yig`in davomida terma jamoa ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi. 11 fevral kuni esa O`zbekiston termasi Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O`zbekiston terma jamoasi vakillari bugun Toshkentga qaytib keladi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo`lib o`tgan yig`in yakunlari borasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Terma jamoa uchun muhim va sifatili yig`in o`tkazildi. Asosiy maqsad – o`ziga yarasha yuqori darajadagi “Amkar” klubi bilan nazorat o`yini o`tkazish edi. Mazkur bellashuv fonida terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko`zdan kechirdik. Avval ta`kidlaganimdek, “Amkar” bilan o`yin natijasi va futbolchilar xatti-harakatidan qoniqish hosil qildim. Asosiy tarkibdan tashqari zaxirani ham shakllantirdik. Yosh futbolchilar o`sishda davom etmoqda, ularga imkoniyat berildi. Mazkur o`yinda maydonga tushganlar zaxira kuchi sanaladi. Hujum chizig`i esa saralash uchrashuvlaridagi asosiy potensialimizdir”, – dedi Babayan.

“Yig`in doirasida “Alashkert” bilan o`yin ham o`tkazildi. “Amkar” bilan o`yin nazorat o`yini bo`lsa, mazkur bellashuv mashg`ulot o`yini edi. Armaniston klubiga qarshi o`yinda “Amkar” bilan uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar maydonga tushmadi. Nesterov oilaviy sabablarga ko`ra yig`inni tark etdi, uning o`rniga “Metallurg” posboni Suhrob Sultonovni chaqirdik. Shuningdek, Otabek Shukurov Turkiyaga betob holatda keldi. U “Al-Jaish”ga qarshi OChL o`yinida ham biroz shamollagan edi. Uning sog`lig`i bilan tavakkal qilishni istamadik va Shukurovga dam berdik. “Lokomotiv” futbolchilari OChL 1-tur o`yiniga tayyorgarlik ko`rayotgani sabab, ularni klub safiga jo`natib yubordik. Ular “Alashkert” bilan o`yinda ishtirok etmadi. Armaniston klubi bilan tajribaviy tarkibda o`ynadik. Bundan tashqari, Turkiyaga o`z klubi bilan kelgan o`smirlar va yoshlar terma jamoasi futbolchilarini sinovdan o`tkazdik”, – deya fikrini bayon qildi terma jamoa ustozi.

“Umuman olganda, yakuniga etgan yig`indan ko`nglim to`ldi. Bunday o`quv-mashg`ulotlar terma jamoa oldidagi vazifalarni bajarishda juda muhim sanaladi. Suriyaga qarshi o`yin oldidan klub bosh murabbiylari bilan kelishgan holda futbolchilarni 14–15 mart kunlari chaqiramiz va ehtimol 1 kunlik yig`in o`tkazamiz. Bir kunlik yig`inda jismoniy emas, asosan nazariy tayyorgarlikka e`tibor qaratiladi. Futbolchilar bilan doimo aloqada bo`lish katta ahamiyat kasb etadi. Bu o`z navbatida yigitlarga terma jamoa falsafasini yaxshiroq tushunishga ko`mak beradi”, – deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.

Ma`lumot o`rnida, Suriya va O`zbekiston o`rtasidagi JCh–2018 saralash bosqichi 6-tur uchrashuvi shu yilning 23 mart kuni bo`lib o`tadi. Uchrashuvda Suriya nominal mezbon bo`lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o`yinni neytral zona – Malayziyada o`tkazilishini ta`minladi.

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to`plagan holda to`rtinchi o`rinni band qilib turibdi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1