AsosiySport

A Seriya. “Yuventus” Iguainning dubli evaziga ishonchili g`alabaga erishdi (Video)

'A Seriya. “Yuventus” Iguainning dubli evaziga ishonchili g`alabaga erishdi (Video)'ning rasmi

Italiya chempionati 24-turida “Yuventus” jamoasi safarda “Kalyari” mehmoni bo`ldi va 2:0 hisobida zafar quchdi.

Mazkur uchrashuvning 37 va 47-daqiqalarida “keksa sinora”ning argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain gol kiritib, jamoasiga 3 ochko olib keldi.

Navbatdagi g`alabadan keyin Massimiliano Allegri jamoasi turnir peshqadamligini yanada mustahkamlab olishga muvaffaq bo`ldi.

Kalyari – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 37 Iguain, 0:2 – 47 Iguain.

Kalyari – Bittenkur, Pizakane (Padoin, 82), Alvesh, Kapuano, Isla, Dessena (Ionise, 62), Di Djennaro, Barella, Murru, Sau, Borrello (Ibarbo, 75).

Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini (Rugani, 18), Aleks Sandro, Xedira, Markizio (Pyanich, 67), Kuadrado, Dibala (Lemina, 90), Mandjukich, Iguain.

Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (12), Kellini (14), Barella (27), Markizio (43), Kuadrado (57), Isla (78), Di Djennaro (85), Mandjukich (90).

Chetlatish: Barella (67).

Boshqa yangiliklar