Angliyaning amaldagi chempioni “Lester” APL 25-turida safarda “Suonsi” 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jamoa 2017 yilda APL doirasida biron marta ham gol ura olmadi. Bu o`ta ayanchi va sharmandali ko`rchatkich. Angliya chempioni ketma-ket beshinchi o`yinda yutqazdi. So`nggi olti o`yinda esa golsiz seriyani davom ettirmoqda. “Tulkilar”ning golsiz seriyasi 10 soatga etdi, deb yozadi Sports.uz.
Qayd etish kerakki, Angliya chempionatining dastlabki 4 ta divizionida faqatgina “Lester” 2017 yilda mamlakat ligasi doirasida gol ura olmadi, qogan har bir jamoa bitta bo`lsa ham gol kiritgan.






