AsosiyDunyo

Mosulda aljirlik jurnalist qiz og`ir yaralandi

'Mosulda aljirlik jurnalist qiz og`ir yaralandi'ning rasmi

Aljirning “Shuruk” mediaxoldingi jurnalisti bo`lgan Samira Mouaki dushanba kuni Iroqning Mosul shahri yaqinida boshidan og`ir yaralandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Jurnalist qiz jangovor harakatlarni yoritish maqsadida front chizig`iga borgan va uni “Islom davlati” terrorchilik guruhining snayperi yaralagan. Samira Mouki vertolyot yordamida Bag`dodga keltirilgan. Ayni paytda uning ahvoli og`ir va koma holatida.

2016 yilning oktyabr oyida Iroq va AQSh harbiylari tomonidan sharqiy Mosul “Islom davlati” jangarilaridan ozod etilgan edi. Shaharning g`arbiy qismi esa hamon terrorchilar nazoratida qolmoqda.

Boshqa yangiliklar