Xitoyning shimoli-g`arbida joylashgan Sinszyan-Uyg`ur avtonom tumanida uch nafar noma`lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Voqea 14 fevral kuni Pishan uezdida sodir bo`ldi. 3 nafar jinoyatchi olomonga pichoq bilan hujum qildi, oqibatda 10 kishi jabrlandi. 5 kishi olgan tan jarohatidan halok bo`ldi, qolganlarga esa tibbiy yordam ko`rsatildi. Polisiyachilar hujum qilgan jinoyatchilarni otib o`ldirdi. Mazkur hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlandi.
Sinszyan-Uyg`ur avtonom tumanida Sharqiy Turkiston nomli mustaqil davlat tuzish tarafdorlari bo`lgan islom radikallari mavjud. 1990 yilda ularning Pekinga qarshi bo`lib o`tgan to`qnashuvida yuzlab insonlar halok bo`lgan edi. Aksariyat uyg`urlar hukumatning ularni harbiy xizmatni o`tash, polisiyada ishlash huquqidan mahrum etilganliklaridan shikoyat qilishadi. Bu hududning 72 foizini uyg`urlar, qolgan qismini esa xitoyliklar tashkil etadi.