O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Rayhon G`anieva va Sardor Rahimxon 5 yillik tanaffusdan so`ng ijodiy hamkorlik qildi.
“Ketma yiroq” deb nomlangan yangi ijod namunasi Rayhonning “Istiqlol” san`at saroyida 21-24 fevral kunlari bo`lib o`tadigan konsert dasturida ijro etiladi.
Ma`lumot uchun, Rayhon va Sardor Rahimxon bundan besh yil avval “Abadiy” nomli duet kuylagan edi. Duet tarona tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan va bir necha oy davomida xit paradlarning yuqori o`rinlaridan joy egallagan edi.