AsosiyDunyo
4016

​Donald Tramp ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qoldi

'​Donald Tramp ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qoldi 'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQShning Florida shtatidagi chiqishida prezident Donald Trampning Shvesiyani terrorchilik hujumiga uchragan mamlakatlar ro`yxatiga qo`shganiga e`tibor qaratishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Donald Trampning “Germaniyada nimalar ro`y berayotganiga qarang! O`tgan kuni kechasi Shvesiyada bo`lgan voqea-chi? Shvesiyada ham shunday hodisa yuz berishi kimning xayoliga kelibdi, deysiz?”, degan xato gapi shvesiyalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo`ldi.

“Shvesiyada terrorchilik hujumi sodir bo`ldi? Qachon? Donald Tramp chekib olganmi? Unga beradigan savollarim ko`p...”, deb Twitter sahifasida xabar qoldirdi Shvesiya sobiq bosh vaziri Karl Bildt (Carl Bildt).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar