AsosiyJamiyat

​Qashqadaryo viloyatida tuxum eksport qilinmoqda

'​Qashqadaryo viloyatida tuxum eksport qilinmoqda'ning rasmi

Keyingi yillarda Qashqadaryo viloyatida ham go`sht, sut va tuxum etishtirish hajmi bir necha barobar oshdi. Mazkur yo`nalishda faoliyat ko`rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarning ko`payib borayotgani o`sish sur`ati barqaror bo`lishiga zamin yaratmoqda, deb yozadi O`zA.

O`tgan yilda viloyatda parrandachilik sohasida 160 dan ortiq istiqbolli loyiha hayotga tatbiq etildi. Joylarda tuxum va tovuq go`shti etishtirishga ixtisoslashgan yangi tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati yo`lga qo`yilishi, ishlab turgan korxonalar quvvati kengaytirilishi va modernizasiya qilinishi samarasida tarmoqda mahsuldorlik yanada oshmoqda, tannarx arzonlashmoqda. Natijada ichki iste`moldan ortgan mahsulotni eksport qilish imkoniyati yaratilmoqda. 2016 yil viloyat ishbilarmonlari tomonidan tashqi bozorga qariyb 200 ming AQSh dollari miqdoridagi tuxum eksport qilindi. Bu jarayonda ularga bojxona xodimlari yaqindan yordam bermoqda.

Joriy yilning o`tgan davrida viloyatda tuxum eksporti hajmi bir necha barobarga oshdi va yanvar oyining o`zidayoq qiymati 438 ming dollarlik tuxum eksport qilindi.

Shahrisabz tumanida faoliyat yuritayotgan “Eko parranda” mas`uliyati cheklangan jamiyati bundan besh yil avval tashkil etilgan. Tadbirkorlik sub`ekti o`tgan davrda sezilarli rivojlanishga erishdi. Ayni paytda korxona fabrikasida boqilayotgan tovuqlar soni 80 ming boshga etgan. “Xay-layn” zotiga mansub bu tovuqlar kasallikka chidamliligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi.

Tadbirkorning qayd etishicha, ushbu korxona ham o`tgan yildan boshlab tuxum eksport qilishga kirishgan. Afg`oniston davlatidagi “Ixlos Ltd.” firmasi tomonidan 107 ming dollarlik mahsulot xarid qilingan. Hamkorlar joriy yilda 7 million dona tuxum etkazib berish bo`yicha kelishuv imzolagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar