AsosiyShou-biznes
5891

​Anjelina Joli va Krishtianu Ronaldu turk serialida bosh rollarni ijro etadi

'​Anjelina Joli va Krishtianu Ronaldu turk serialida bosh rollarni ijro etadi'ning rasmi

Gollivud aktrisasi Anjelina Joli va taniqli futbolchi Krishtianu Ronaldu yangi loyihada birgalikda ishlaydi: ular suriyalik qochoqlar haqida hikoya qiluvchi filmda suratga tushadi.

“Hayot ko`prigi” deb nomlangan mazkur serial uch mavsumdan iborat bo`ladi. Serial yashash uchun kurash, oilaviy munosabatlar va albatta sevgi haqida bo`lishi kutilmoqda. Suratga olish ishlari mart oyida Turkiyaning Gaziantep shahrida boshlanadi.

Joli va Ronaldudan tashqari serialda yana bir qator mashhurlar suratga tushadi, biroq hozircha ularning kimligi sir saqlanmoqda.

“Hayot ko`prigi” seriali qachon namoyish etilishi ham ma`lum emas.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar