AsosiyDunyo
3763

​Trampning Gollivuddagi yulduzini taxqirlagan odam jarimaga tortildi

'​Trampning Gollivuddagi yulduzini taxqirlagan odam jarimaga tortildi'ning rasmi

Gollivudning “Shuhrat xiyoboni”dagi Donald Trampning ismi yozilgan yulduzni taxqirlagan Los-Anjeles shahrida yashovchi fuqaro shartli ravishda uch yilga qamoq jazosiga hukm qilinib, jarimaga ham tortildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

AQSh prezidenti Donald Trampning siyosiy qarashlaridan norozi bo`lgan fuqaro uning Gollivuddagi “televidenie ravnaqiga qo`shgan hissasi uchun” deb nomlangan yulduzini oktyabr oyida og`ir bolg`a bilan buzib tashlagan edi. Buzg`unchi ishchi kiyimida bo`lgani uchun hech kim unga e`tibor qaratmagan, u tonggi soat oldida yulduzni buzgan. Hozirda yulduz qayta ta`mirlangan va tunu-kun qo`riqlanmoqda.

Prokuratura bergan ma`lumotga ko`ra, Trampning yulduzini 53 yoshli Jeyms Lambert Otis ismli fuqaro taxqirlagan va u qilgan jinoyatini bo`yniga olgan. Otis shartli qamoq jazosidan tashqari, 4,4 ming dollar jarimaga tortilgan va 20 kun majburiy ravishda jamoat ishini bajarishga hukm qilingan. Trampning yulduzi ilgari ham tahqirlanib, mahalliy faollar tomonidan olib tashlash talab etilgan, ammo shahar ma`muriyati bunga rozilik bermagan edi. Gollivudda joylashgan mazkur xiyobonda 2,5 mingdan ortiq mashhur aktyorlar, musiqachilar, prodyuserlar va san`atning rivojlanishiga hissa qo`shgan ko`plab taniqli insonlarning yulduzlari mavjud. Uni tomosha qilish uchun har yili Los-Anjelesga 10 millionga yaqin sayyohlar tashrif buyuradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar