AsosiyDunyo
4489

​Mashhur geymer sutkalik onlayn-marafon paytida vafot etdi

'​Mashhur geymer sutkalik onlayn-marafon paytida vafot etdi'ning rasmi

Mashhur amerikalik geymer (kompyuter o`yinlari bo`yicha mutaxassis) Brayan Vino 24 soatlik xayriya marafonida vafot etdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

20 fevralga o`tar kechasi, tungi soat 23 da, o`zining shaxsiy Twitch kanalida onlayn-translyasiyani olib borayotgan paytida uning joni uzilgan. Geymer “PoshyBrid” niki bilan mashhur bo`lgan. U chekish uchun chiqib, qaytib kelmagan. Vinoning kuzatuvchilari uni uxlab qolgan, deb o`ylagan. Tanishlaridan biri ertasi kuni unga xabar yuborganda, polisiya detektivi javob qaytargan. Hozirda Brayan Vinoning o`limiga nima sabab bo`lganligi aniqlanmoqda.

Vinoning o`limi haqidagi xabarni Virjiniya shtati polisiyasi tasdiqlagan. U 35 yoshda bo`lib, uch nafar farzandning otasi bo`lgan. Translyasiya yozuvlariga qaraganda, geymer bor kuchi bilan uxlamaslikka harakat qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar