AsosiyJamiyat

​O`zbekistonda 400 dan ortiq gid faoliyat yuritmoqda

'​O`zbekistonda 400 dan ortiq gid faoliyat yuritmoqda'ning rasmi

21 fevral – Butunjahon gidlar va ekskursovodlar kuniga bag`ishlab ilk bor tashkil etilgan Respublika gidlar forumida ana shu masalalarga alohida e`tibor qaratildi. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi tomonidan o`tkazilgan tadbirda mamlakatimiz sayyohlik firma va kompaniyalari vakillari, gidlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, bugungi kunda mamlakatimizda 400 dan ortiq gid faoliyat yuritmoqda. 2000 yildan buyon Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi soha xodimlarining malakasini oshirib kelmoqda. Markaz Samarqand va Xorazm viloyatlarida filiallariga ega, joriy yilda Buxoro, Surxondaryo, Farg`ona va Qashqadaryoda ham bo`linmalar ochilishi rejalashtirilgan.

Forumda turizm sohasini rivojlantirishda gid va ekskursovodlarning o`rni, gidlar tayyorlash va malakasini oshirishning innovasion metodlari, muzey va turistik gidlar o`rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi, gidlarga qo`yiladigan xalqaro talablar o`rganildi. Xorijlik mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari o`tkazildi.

Boshqa yangiliklar