AsosiyDunyo

​Hindistondagi ba`zi bir shtatlarda dabdabali to`y o`tkazish va ko`p mehmon chaqirish taqiqlandi

'​Hindistondagi ba`zi bir shtatlarda dabdabali to`y o`tkazish va ko`p mehmon chaqirish taqiqlandi'ning rasmi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatlarida 900 dan ortiq mehmonni taklif etish, dasturxonga 7 xil taom tortib, dabdabali to`y o`tkazish taqiqlandi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Hindiston hukumati mazkur qarorni 2017 yilning 1 aprelidan kuchga kiritishni rejalashtirildi. Mamlakat hukumatining fikriga ko`ra, bu oziq-ovqat mahsulotlarining isrof bo`lishiga olib keladi. Nashrning ma`lumot berishicha, eng dabdabali va isrofgarchilikka yo`l qo`yiladigan to`ylar Hindistonning Jammu va Kashmir shtatlarida o`tkazilishi aniqlangan. Mahalliy aholi mehmonlarning shovqinidan va to`ydan keyin uvol bo`lib qolayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan shikoyat qilgan. Shundan keyin hukumat bunday dabdabali to`ylarni o`tkazishni taqiqlovchi qaror chiqardi.

Qaror shartiga ko`ra, kelinning ota-onasi to`yga 500 nafar, kuyovning yaqinlari esa 400 nafar mehmonni taklif etish huquqiga ega. Amaldorlardan biri bunday qarorni Hindistonning boshqa shtatlarida ham qo`llashni taklif qildi.

2016 yilning noyabr oyida Karnataka shtatining sobiq vaziri va tadbirkor Janardxana Reddi (Janardhana Reddy) qizining to`yini besh kecha-yu, besh kunduz davomida nishonlab, 74 million dollar sarflagan. Bu esa mamlakat aholisining noroziligiga sabab bo`lgan edi.

Boshqa yangiliklar