AsosiyDunyo

​90 yoshli kampir raqsda yoshlarni dog`da qoldirdi (Video)

'​90 yoshli kampir raqsda yoshlarni dog`da qoldirdi (Video)'ning rasmi

90 yoshli Jin Veloz (Jean Veloz) butun umrini “sving” deb nomlangan raqs turiga bag`ishladi, deb xabar berdi “Kaputsin.com” nashri.

Raqsning mazkur turi 1920-1940 yillarda mashhur bo`lgan va qisqa maromda o`ynalishi bilan boshqa raqs turlaridan farq qiladi. Sving Afroamerika xalqi raqs an`analari asosida dunyoga kelgan.

90 yoshli Jin (Jean) tom ma`nodagi go`zal ayol va mohir raqqosadir. U keksaligiga qaramay, hamon raqsga tushishdan charchamaydi. Jin o`zining raqsi bilan yoshlarni ham dog`da qoldirdi.


Boshqa yangiliklar