1

G`ayrat Usmonov muxlislari o`rtasida pul mukofotli tanlov e`lon qildi

Shou-biznes 02.03.2017, 16:22
Teglar: Musiqa, Video, Klip
G`ayrat Usmonov muxlislari o`rtasida pul mukofotli tanlov e`lon qildi

Xushovoz xonanda G`ayrat Usmonov Jumanazar Aliyor so`zi va Nargisxon Latipova musiqasi bilan “Sevaman” nomli qo`shiqni ijro etganligi haqida avval xabar bergandik.

Mahzun qo`shiq qisqa fursatda muxlislar nazariga tushdi. “Qachon qo`shiqqa klip suratga olasiz?” degan savollar qarshisida biroz o`ylanib qolgan ijodkor klip g`oyasini yaratishni bu gal muxlislar ixtiyoriga topshirdi.

- Har gal klip suratga olayotganda, biroz ikkilanaman. Tarixga muxrlanadigan va katta mablag`ni talab etadigan klip barcha muxlislarga yoqishi, nafaqat badiiy, balki texnik talablarga ham javob berishi shart! Musiqiy kanallarning talabi doimo a`lo va sifatli kliplarni talab etadi (kulib). Shu bois, bu gal klip suratga olishdan avval muxlislarning fikri bilan ham o`rtoqlashishga qaror qildim. Ijodimga befarq bo`lmagan, qalam tebratish qobiliyatiga ega bo`lgan har bir inson ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

- Deyarli barcha kliplaringiz mahzun. "Sevaman" qo`shig`ining mazmunan mahzunining inobatga olsak, demak bu klip ham avvalgilaridan farq qilmas ekan-da?

- (kulib) O`xshash bo`lmasligi uchun ham tanlov e`lon qildik. Bundan tashqari, syujet jihatdan o`xshashlik yo`q. Agar ahamiyat bersangiz, juda kam klip suratga olaman. Engil, oddiy va hech qanday mazmunga ega bo`lmagan kliplarni xushlamayman.

- Tanlov sharti qanday?

- Juda oddiy. Muxlislar klip ssenariysini quyidagi (+99897) 705-95-48 raqamga telegramm orqali yuborishsa bas. Rejissyorlar bilan maslahatlashgan holda, eng sara ssenariyni aniqlaymiz va shu asosda suratga olish ishlarini boshlaymiz.

- Qiziq va ayni damda o`rinli savol. Saralangan ssenariy uchun qalam haqqi to`lanadimi?

- Albatta!

Taronani quyida tinglab imkoniyatingizni sinab ko`rishingiz mumkin.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1