1

​Xitoy va AQShlik olimlar qayta-qayta foydalaniladigan qog`oz yaratdi

Hi-tech 06.03.2017, 11:50
​Xitoy va AQShlik olimlar qayta-qayta foydalaniladigan qog`oz yaratdi

Bugungi kunda texnologiya juda tez rivojlanib bormoqda. Bilamizki, dastlabki qog`oz Xitoyda yaratilgan va u hozirgi kunga qadar rivojlanib insonlarga qulay shakllarda ishlab chiqarilmoqda. Ammo buning ikkinchi tomoni ham bor, chunki ishlatilgan qog`ozlarni qayta ishlash va uni ishlab chiqarish iqtisodiy tomondan (yog`ochlardan) ancha ko`p vaqt va mablag` talab qiladi.

Shu sabab qog`ozni yaratgan xitoyliklar qog`ozni yangi ajabtovur turini ishlab chiqarishga muvaffaq bo`lishdi. Xitoyning Shandong universiteti olimlaridan bir guruhi hamda Kaliforniyaning (AQSh) Lourens universiteti olimlari hamkorlikda nur to`lqinlari yordamida yozish va qayta foydalanish mumkin bo`lgan qog`ozning yangi turini yaratishdi. Yangi turdagi qog`ozda yorug`lik qismining ultrabinafsha nurlari ta`siri ostida rangini o`zgartirish mumkin bo`lgan nanochastotalar ishlatiladi. Bunday nanochastotalarni o`z ichiga olgan eng yaxshi qoplama deyarli har qanday mahsulotlar uchun qo`llanilishi mumkin. Kaliforniya universitetidagi xitoylik professor Yadong In ixtiro haqida shunday deydi: “Biz bu ixtiro bilan bir necha marta foydalanish mumkin bo`lgan va qayta yozish imkoniyatini o`zida mujassamlashtirgan qog`ozning yangi “avlodi” ni yaratishga muvaffaq bo`ldik. Bu turdagi qog`ozlarni chop etish uchun hech qanday siyoh yoki printer talab etilmaydi. Ushbu ixtiro iqtisodiy va ekologik muammolarni hamda millionlab tonna qog`ozlarni qayta ishlash zaruratini bartaraf etadi deb o`ylayman. Bu qayta yozish imkoniyatiga ega qog`oz ayniqsa, gazeta, jurnal, plakatlar va boshqa turdagi bosma materiallarni chop etishda qo`l kelishiga ishonaman.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1