AsosiyShou-biznes

​Real voqealar asosida suratga olingan “Isnod” filmining premerasi bo`lib o`tdi

'​Real voqealar asosida suratga olingan “Isnod” filmining premerasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining buyurtmasiga asosan “O`zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan bugungi kunda butun jahonda dolzarb muammo bo`lib turgan OITS va odam savdosiga qarshi kurashish mavzuida “Isnod” nomli to`liq metrajli badiiy filmning katta taqdimoti bo`lib o`tdi.

Kinokartina drama janrida suratga olinib, unda telejurnalist Jamilaning sa`y-harakatlari natijasida sodda qizlarning aldanib, chet ellarga sotilib ketayotganligi fosh etildi. Tomoshabin film qahramonlari taqdirini kuzatish orqali insoniylik, sadoqat va haqqoniylik kabi hissiyotlarni anglaydi.

Filmdagi bosh rollarni Dilnoza Kubaeva, Bahora Arslonova, Shahzoda Matchonova, Ra`no Shodieva, Feruza Mustafoevalar ishtirok etgan. Qizlarni aldanishiga vositachi bo`lgan yigit rolini aktyor Shohruh Hamdamov gavdalantirgan. Hech ikkilanmay aktyorning qiyofasi o`zbek kinosida yangi qiyofa bo`lishini tahmin qilish mumkin.

Turmush o`rtog`i tomonidan sodda qizlarni aldanganini bilgan ayol qanday yo`l tutadi, u vijdoniga quloq tutadimi yoki hissiyotlariga? Voqea qanday yakun topadi bularning barchasini filmni tomosha qilib guvohi bo`lishingiz mumkin.

Film 11 martdan e`tiboran yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Filmning hamrejissyori va operatori Abduvohid G`aniev, bastakor Doniyor A`zamov.

O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova “Isnod” filmiga saundtrek kuylagan.




















Boshqa yangiliklar