Toshkent shahrida 16 martdan e`tiboran bepul wi-fi ishlaydigan ilk avtobus bekati ish boshlaydi. Yo`lovchilar bunday qulaylikdan Oloy bozori yaqinidagi bekatda foydalanishlari mumkin bo`ladi.
Hot WiFi tizimi orqali yo`lovchilar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kirishi, pochtani tekshirishi, shuningdek bepul qo`ng`iroq va smslar yozishlari mumkin.
Toshkent aholisiga avtobus bekatlarida bepul internet taqdim etish loyihasi Hot WiFi Uzbekistan va yana bir qator hamkor kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bepul WiFi o`rnatilgan ilk bekat esa Oloy bozorining markaziy kirish qismining yaqinida joylashgan.