O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamkorligida Samarqand futbol federasiyasida murabbiylar uchun OFKning “S” lisenziyasi bo`yicha o`quv-kurslari o`tkazilmoqda.
15 mart kuni start olgan o`quv kurslar 28 martga qadar davom etadi. Samarqanddagi kurslarni OFK instruktori Usmon Toshev olib boradi. Ulug`bek Sultonov koordinatorlik vazifasini bajaradi.
Ma`lumot uchun, “S” lisenziyasini qo`lga kiritgan murabbiylar keyinchalik “B” va “A” sertifikatlari uchun o`qishni davom ettirish huquqiga ega bo`ladi.






