Bugun, 28 mart kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida Rus tili markazi ochiladi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi ma`lumotlariga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.
«Rus tili markazining ochilishi O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdagi yana bir muhim qadam bo`ladi», — deya ma`lum qilishdi Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazidagilar.
Tantanali marosimda Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo`yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy, shuningdek, O`zbekiston oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rahbariyati vakillari, Rossiyaning O`zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqalar ishtirok etadi.
Markaz uchun xona universitetning bosh binosidan ajratildi, Rossiya tomoni zarur texnikani sotib oldi, bosma va elektron darsliklar, lug`atlar hamda Rossiya tarixi va madaniyatiga oid kitob va filmlardan iborat kutubxonani yig`di.