​MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

Jamiyat 28.03.2017, 14:02
Teglar: Dollar, O`zbekiston, Bank, Markaziy bank
​MB nima sababdan dollarning kursi tez suratlarda o`sayotganligi haqidagi savolga javob berdi

28 martdan e`tiboran Markaziy bank xorijiy valyutaning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Bugundan 1 AQSh dollari yana 46,91 so`mga oshib, 3595,02 so`mni tashkil qildi. 1 evro 83 so`mga oshib, 3883.95 so`mni tashkil qildi.

2 hafta oldin dollar o`zining 3,5 ming so`mlik qiymatni qayd etgandi.

“Darakchi plyus” tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o`zbek so`miga nisbatan sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi.

Markaziy bank matbuot xizmatining javoblarida keltirilishicha, “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo`yicha operasiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo`lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo`yicha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, biz dollar kursi o`sishda davom etish yoki etmasligi hamda qancha foizga oshishi haqida qiziqdik.

“So`mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to`lov, xususan tashqisavdo balansi, inflasiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib – asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi”.

“Ayni damda valyuta siyosatini liberalizasiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo`yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deya ta`kidlanadi MB javobida.

“Darakchi plyus” tahririyatining rasmiy murojaati.

Sharhlar

⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
⚡️1000 so`mlik qog`oz pullar endi muomaladan chiqariladimi? Markaziy bank oydinlik kiritdi

22.12.2022, 10:40

26 dekabrdan O`zbekistonda 1000 so`mlik tanga pullar muomalaga chiqarilmoqda. Tanga pullar muomalaga kiritilsa, ushbu qiymatdagi qog`oz pullar iste`moldan chiqadimi? Markaziy bankning ma`lum qilishicha, muomalaga chiqarilayotgan 1000...
Markaziy bank asosiy stavkani 15 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirdi

08.09.2022, 11:59

Ayni paytda Markaziy bank Boshqaruvining yig`ilishi o`tkazilmoqda, deya xabar bermoqda MB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror...